Foto: ABC News
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh davlat rahbari Donald Tramp Amerikada 2020 yilda o‘tadigan prezidentlik saylovlarida demokratlar vakili Jozef Baydenning g‘alaba qozonishiga har tomonlama to‘sqinlik qiladi. Bu haqda AQSh sobiq vitse-prezidenti Jozef Baydenning o‘zi ABC News kanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, uning bunday xulosaga kelishiga Trampga e’lon qilingan impichment jarayonining borishi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ham uning prezidentlikka saylanishiga qarshi ekanligi sabab bo‘lgan.
«Birinchidan, Donald Tramp mening demokratlar vakili sifatida prezidentlik saylovlarida ishtirok etishimni istamasligini tushundim. Bu yaqqol bilinib turibdi. Ikkinchidan, Vladimir Putin ham mening prezident bo‘lishimga qarshi», — deya ta’kidlagan Bayden.
Trampga impichment e’lon qilish jarayoni 24 sentyabrda boshlangan. Ushbu harakatning boshlanishiga AQSh prezidentining Ukraina davlat rahbari Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati davomida unga bosim o‘tkazgani sabab bo‘lgan. Demokratlarning fikricha, suhbat davomida Tramp Zelenskiydan Jozef Baydenning o‘g‘li Hanter Baydenning korrupsiyaga aloqadorligi yuzasidan tergov o‘tkazishini talab qilgan. Keyinroq Oq uy tomonidan suhbatning stenogrammasi e’lon qilingan. Noyabr boshida AQSh kongressida impichment yuzasidan ochiq eshituvlar boshlangan.
20 noyabrdagi eshituvda AQSh podpolkovnigi Aleksandr Vindman Ukraina xavfsizlik kengashi kotibi Aleksandr Danilyukning unga mamlakat mudofaa vaziri lavozimini taklif etganini ma’lum qilgan, Danilyuk esa bu shunchaki hazil bo‘lganligini bildirgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi