06:30 / 30.11.2019
5 235

Sibir: 18000 yillik muzlatilgan it

Sibir: 18000 yillik muzlatilgan it
Hozirda tadqiqotchilar Sibirda topilgan 18 ming yillik kuchukcha it yoki bo‘ri ekanligini aniqlashga harakat qilishmoqda.
Ikki oyligida o‘lib qolgan ushbu kuchukcha Rossiyaning sovuq qismida muzlab qolgan, uning yungi, burni hamda tishlari saqlanib qolgan.
Olib borilayotgan DNK tekshiruvi uning turini aniqlay olmayapti. Olimlarning fikricha, bu tur bo‘ri va it oralig‘idagi tur ham bo‘lishi mumkin.

Radiokarbon bilan tekshiruv natijasida itning qachon o‘lgani va qancha vaqt muzda qolganligi aniqlandi.
Genom tahlillari uning erkak ekanligini ko‘rsatdi. Shvetsiyadagi Paleogenetika markazining tadqiqotchisi Deyv Stonton bu hayvon turi qadimgi it va bo‘ri populyatsiyasidan kelib chiqqan deb xulosa qildi.
Hozirgi itlar bo‘rilarning avlodlari deb qaraladi, ammo itlar qachondan boshlab uy hayvoni sifatida qaralgani haqida ma’lumotlar mavjud emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sibir: 18000 yillik muzlatilgan it