Kelgusi yilda Stokgolmda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy vakolatxonasini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda bugun O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari bilan bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, shu kunlarda Bandlik va mehnat vazirligida Shvetsiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ingrid Tersman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shvetsiya elchisi hozirda mamlakatda o‘zbekistonlik noqonuniy mehnat muhojirlari soni ko‘payib borayotganligi, shu bois, Shvetsiya rasmiylari ularni legallashtirish chorasi ustida bosh qotirishayotganini, mamlakatda Mehnat vazirligi rasmiy vakolatxonasi ochilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini ma’lum qilgan.
“Biz Shvetsiya tomonining taklifini Tashqi ishlar vazirligiga yetkazdik. Kelgusi yilda rasmiy vakolatxona ochilishini rejalashtirganmiz”, - dedi vazir o‘rinbosari Bahodir Umurzoqov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi