Shu kunlarda Janubiy Afrikalik Zozibini Tunzi “Dunyo goʻzali” unvoniga sazovor boʻldi va bu qora tanli ayolga bu unvonning berilishi katta shov-shuvga sabab boʻldi. Ommaviy axborot vositalari ushbu ajoyib yangilikni namoyish etdilar va koʻpchilik ijtimoiy tarmoqlarda bu ayolni tabrikladi.
Bu noodatiy holat boʻlgani uchun hamma hayratda, hakamlar Tunzi xonimning kalta jingalak sochlari va qora tanasi uchun uni birinchilikka koʻtardilar.
Barber xonim, shuningdek, BBC bilan suhbatda qora tanli ayollar hali ham kamsitishlarga duch kelishayotganini va bu hodisa mazkur muammoni hal qilish yoʻlidagi birinchi qadam boʻlishi mumkinligini aytdi.
Bundan ikki yil oldin Taveras xonim 2018 yilda “Miss America” musobaqasida qatnashib, kuchli beshlik orasida birinchilikni qoʻlga kiritdi.
Hanuzgacha davom etib kelayotgan irqiy kamsitish muammosiga qaramay, ikkala qora tanli ayollarga berilgan ushbu unvon bu muammolardan xalos boʻlishga birinchi qadam desak xato qilmagan boʻlamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar