3 609
Lukashenko Rossiya bilan ittifoq qurganidan so‘ng pastga qulash boshlangani haqida gapirdi
Foto: AP Photo/Ronald Zak
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskva har yili Minskka nisbatan bosim o‘tkazishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Belarus o‘rtasida tovar ayirboshlashdagi defitsit 9 mlrd dollarga yetgan.
"Ya’ni biz sizlarga sotganimizdan ko‘ra 9 mlrd dollarga ko‘proq sotib olamiz. Amerika-Xitoy nizosining sababi ham tovar ayirboshlashdagi defitsit. Iqtisodiy nuqtai nazardan bu mutlaq bir xil narsa. Demak, savol – biz bundan nima oldik? Nima oldik, sizlar har safar, har yili bizga bosim o‘tkazishni boshlaysizlar" – dedi Lukashenko "Exo Moskvi" radiostansiyasiga bergan intervyusida.
"Ittifoq qurganimizdan buyon... hamma narsa pastga qarab ketyapti", dedi u.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin atrofiga pragmatiklar, bozorchilar to‘planib olishib, ularsiz yashay olamiz, bizga Belarus kerakmas, unga asta-sekin bosim o‘tkazamiz – uning iqtisodiyoti yaxshi, kelinglar energiya narxini oshiramiz, deb hisoblashdi", - dedi Lukashenko.
Belarus prezidenti o‘z intervyusida shuningdek, Rossiyaning mamlakat hududida harbiy baza qurish taklifi to‘g‘risida ham o‘z fikrini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi