
Checheniston prezidenti Ramzan Kadirov MMAning og‘ir vazn toifasidagi Aleksandr Yemelyanenkoni bir zarba bilan nokaut qilishini ishonch bilan aytdi.
"Mashg‘ulotlar davomida, mendan yana Aleksandr Yemelyanenkoga qarshi jang borasida so‘rashdi.
Aniq javob berishim mumkin. Agar Yemelyanenko bilan oktagonga chiqsak, 5-raundda bitta aniq zarba bilan nokaut qilaman. Shuning uchun, kuting!
Dastlab, 4 raund davomida ring bo‘ylab yuguraman va so‘nggi raundda bitta aniq zarba beraman. Hullas, topib ko‘ringchi, zarbani gavdasiga beramanmi yoki boshiga?" - dedi Kadirov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar