Xitoyda dunyodagi eng katta radioteleskop rasman ishga tushirildi

1 daqiqa o'qish3.3K
Xitoyda dunyodagi eng katta radioteleskop rasman ishga tushirildi
Xitoy janubida dunyodagi eng katta va eng sezgir sferasimon radioteleskop FAST rasman ishga tushirildi. Bu haqda 11 yanvarda Xinhua axborot agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, aperturasi 500 metr bo‘lgan radioteleskopning qiymati 170 mln dollarni tashkil qilgan.

Uning maydoni 30 ta futbol maydoniga teng bo‘lib, perimetri 1,6 kmni tashkil qiladi. Ob’yekt Guychjou provinsiyasining janubidagi tabiiy botiqlikda joylashgan.

Ayni vaqtda FAST dunyodagi eng yirik radioteleskop hisoblanadi. U koinotning rivojlanishi va evolyutsiyasi bilan bog‘liq jumboqlarni yechish uchun qo‘llanadi.
Xitoyda dunyodagi eng katta radioteleskop rasman ishga tushirildi
Teleskopning bosh muhandisi Szyan Penning ta’kidlashicha, FAST evaziga yaqin yillarda bir qator yirik ilmiy kashfiyotlar amalga oshiriladi.

FAST 2016 yilda qurib bitkazilgan. Uning qurilishi 5 yil davom etgan. Soniyasiga 38 Gbayt axborotni qabul qila oladigan teleskop 2 yil ichida 102 ta yangi pulsar yulduzni aniqlagan. Bu esa Yevropa va AQSHdagi tadqiqot guruhlari tomonidan shu davr ichida topilgan umumiy pulsarlar sonidan ko‘proqni tashkil qiladi.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?