
Foto: rock-cafe.info
Dunyodagi eng kamyob qimmatbaho metall – rodiy 2020 yil boshida 32 foizga qimmatlab ketdi. Hozir uning bir unsiyasi 7975 dollarni tashkil qilmoqda, deb xabar berdi Bloomberg axborot agentligi.
Nashrning ta’kidlashicha, metallga talab unga avtomobilsozlikda qiziqish kuchaygani bilan bog‘langan. Ushbu qimmatbaho metall chiqindi gazlarning katalitik neytralizatorlarida qo‘llanadi.
Metall 4 yilda 12 barobarga qimmatlashgan. Ekspertlar 2020 yilda rodiy narxi 2008 yildagi rekord qiymat - 10 ming dollargacha oshib ketishini taxmin qilishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar