Foto: The National
BAAning Abu-Dabi shahri bog‘larida antiqa ekologik tashabbus amalga oshirilmoqda. Uning doirasida to‘tiqush va qarg‘alar bog‘larni mayda chiqindilardan tozalashga o‘rgatildi. Bog‘larni ozoda tutishga to‘tiqush va qarg‘alardan iborat “farroshlar” guruhi kirishdi.
Qushlar Barari Natural Resources tashkiloti tomonidan mayda chiqindilarni terishga o‘rgatilgan. Ushbu tashkilot BAA poytaxtidagi 400 ta ko‘kalamzor hududga javobgar va “Tabiat bizni o‘rgatadi” tashabbusini amalga oshirmoqda.
Qushlar shahar bog‘lariga chiqarilib, chiqindilarni to‘g‘ri utillashtirish muhimligini yon-atrofdagi odamlarga namoyish qilishadi. Tashkilot xodimlarining ta’kidlashicha, qushlarda sezgi organlaridan ko‘rish eng yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular bu qobiliyatlari evaziga kichik o‘lchamli plastik chiqindilar va sigaret qoldiqlarini payqay oladilar.
Hozirda qushlar plastik, qog‘oz bo‘laklari va sigaret qoldiqlarini aniqlashga o‘rgatildi. Qushlar keyingi bosqichda chiqindilarni turli konteynerlarga saralashga o‘rgatiladi. Dasturda hammasi bo‘lib 25 ta qush ishtirok etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi