07:58 / 24.02.2020
2 277

Berni Sanders demokratlarning Nevadadagi kokusida g‘olib chiqdi

Berni Sanders demokratlarning Nevadadagi kokusida g‘olib chiqdi
Foto: AP Photo
AQSHning Vermont shtatidan senator Berni Sanders Demokratlar partiyasining Nevadadagi kokusida (2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida yagona nomzodni aniqlash jarayoni) g‘olib chiqdi. Bu haqda «RBK»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Sanders bu shtatda saylovchilarning 42,6 foiz ovozini to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni ikki baravardan kamroq ovoz bilan (20,7 foiz) sobiq vitse-prezident Jo Bayden egalladi.
Uchinchi o‘rinda Indiana shtatidagi Saut-Bend shahrining sobiq meri Pit Buttijich (15,1 foiz), to‘rtinchi o‘rinda esa Massachusets shtatidan senator Elizabet Uorren (9,5%) qayd etildi.

«Biz hozirgidek ochko‘zlik, korrupsiya va yolg‘on emas, balki ezgulik, muhabbat va haqiqatga asoslangan hukumat tuzishimizga ishonaman. Jamoamiz nafaqat Nevada, balki butun mamlakatda g‘alaba qozonishga qodir turli yosh va irqdagi koalitsiyani jamlagan», — dedi Sanders.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Berni Sanders demokratlarning Nevadadagi kokusida g‘olib chiqdi