Bugun Bishkekda mitingda qatnashgan yuzga yaqin kishi qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik.
Xabarda aytilishicha, Bishkek markazida sobiq deputat Sadir Japarovni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha miting o‘tkazildi, namoyishchilar uni ozod qilinishi talab qilishdi.
Soat 18:00 ga yaqin politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Politsiya shovqinli granata, tutun shashka va vodometlarni qo‘lladi.
IIV matbuot kotibi Bakit Seyitovning so‘zlariga ko‘ra, yuzga yaqin namoyishchilar – sobiq deputat Japarov tarafdorlari qo‘lga olindi.
“Miting tinch edi, biroq ayrimlarda boshqa rejalar bo‘lgan. Tashkilotchilar jamoat tartibi buzilmasligiga va’da berishgandi, ammo ular olomonga qarshi tura olmadilar va tartibni buzdilar. “Oq uy”ni egallash haqida gap-so‘zlar yangradi, namoyishchilar tosh otishdi, yo‘l qoidalarini buzishdi. Buning uchun tashkilotchi va provokatorlar javob beradi, bugun jabrlangan fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplaydi”, - deb ta’kidladi IIV vakili.
Sobiq deputat Sadir Japarov 2017 yil martda qo‘lga olingan. Uni garovga olishda ayblashdi. Sud 2013 yil 7 oktabrda Qorako‘lda Japarov tomonidan o‘tkazilgan miting paytida, uning ishtirokchilari hukumatning Issiqko‘l viloyatidagi o‘sha paytdagi maxsus vakili Emil Kaptagayevni zo‘rlik bilan mashinaga solishgani tan oldi. Japarovga 11,5 yilga qattiq tartibli koloniya jazosi tayinlangan.
Милиция начала выдвигаться в сторону митингующих на площади Ала-Тоо. Напомним, что акция протеста организована сторонниками оппозиционного политика Садыра Жапарова, осужденного за захват заложников.
Опубликовано Sputnik Кыргызстан: Новости и события дня Понедельник, 2 марта 2020 г.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi