
Ispaniyaning "Atletiko Portada Alta" havaskor jamoasi futbolchisi va murabbiyi Fransisko Garsiya COVID-19 koronavirusi tufayli vafot etdi.
"Marca" xabariga ko‘ra, u yaqindagina onkologik kasallikka chalingan va uning ortidan koronavirusni yuqtirib olgan.
"U bizning klubda 4 yildan buyon faoliyat olib borayotgandi. Har bir bolani juda yaxshi ko‘rardi. Haligacha u biz bilan bo‘lmasligiga ishona olmayapman", - dedi klub prezidenti Xose Bueno.
Butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 163 ming insonni tashkil qiladi. Ulardan 6500ga yaqin nafari vafot etgan bo‘lsa, 76 mingdan ko‘proq inson tuzalgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.