16:30 / 26.03.2020
4 375

Chet eldagi O‘zbekiston fuqarosida ilk bor koronavirus aniqlandi

Chet eldagi O‘zbekiston fuqarosida ilk bor koronavirus aniqlandi
Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov ishtirokida brifing onlayn o‘tkazilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, xorijdagi fuqarolarimiz orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ushbu bemor hozirda Avstriyada karantinga olingan, ahvoli yaxshi va kasallikning yengil formasi tashxisi qo‘yilgan. Vaziyat elchixonamiz doimiy nazoratida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreyadagi O‘zbekiston fuqarosi ham koronavirusga chalingani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik bu ma’lumot rad etilib, O‘zbekiston fuqarosi karantinga olingani aytilgan.

Hozirda, 26 mart 16:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 65 nafar insonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chet eldagi O‘zbekiston fuqarosida ilk bor koronavirus aniqlandi