
Kot-d'Ivuarning eng yirik shahri Abidjanda koronavirusga chalinganlar uchun qurilayotgan tibbiy markaz darg‘azab aholi tomonidan vayron qilindi. Bu haqda “Bi-bi-si” telekanali xabar berdi.
Bu holatning ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videosida odamlar inshootni bo‘laklab tashlayotganlarini ko‘rish mumkin.
#COVID19CIV :
— La Côte d'Ivoire est Chic?? (@CotedIvoire_off) April 5, 2020
“ Démantèlement d’un centre d’accueil des cas confirmés de #Covid19 en construction au stade de la BAE à Yopougon .
La population estiment que le centre est beaucoup trop proche de leurs habitations... “ pic.twitter.com/BjcQsbp23B
Guvohlarning ta’kidlashicha, shaharning gavjum tumanlaridan biri aholisi tibbiy markazning uylari yaqinida qurilayotganiga qarshi chiqqan. Bu orada mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy markaz koronavirusga chalinganlar uchun shifoxona sifatida ishlatilishi rejalashtirilmaganini ma’lum qilgan.
Ayni vaqtda Kot-d'Ivuarda koronavirusga chalinganlar soni 261 nafarni, vafot etganlar 3 nafarni tashkil qilmoqda.
Mamlakatda pandemiya sababli favqulodda vaziyat rejimi amal qilmoqda, kechki soat 21dan tonggi soat 5gacha komendantlik soati joriy qilingan. 30 martdan 5,2 mln kishilik Abidjanda karantin kiritilgan. Biroq bu odamlarga tibbiy markazni buzib tashlashlariga xalaqit qila olmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar