date
views 2 580

Xitoy AQSHning ayblovlari yolg‘onligini aytdi

Xitoy AQSHning ayblovlari yolg‘onligini aytdi
Foto: «RIA Novosti»
Oq uy maslahatchisining Xitoy AQSHga sifatsiz test yetkazib berganligi hamda pandemiyadan foydalanib qolishga urinayotganligi haqidagi ayblovi yolg‘on, dedi Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan.

Avvalroq Oq uyning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro Pekin Vashingtonga sifati past va hatto qalbaki test to‘plamlarini yuborganligini aytgandi. U Pekinni yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanayotganda ayblagan va mamlakatni pandemiyani to‘xtatib qolishdagi xatolar bilan bir qatorda buning uchun ham javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga chaqirgan.

«Navarro doimo yolg‘on gapiradi, to‘g‘rilik unga mutlaqo begona. U hatto o‘zining kitobida bir ekspertdan sitata keltirib, so‘ngra esa buni uning o‘zi o‘ylab chiqarganini ochiqchasiga tan olgan. Hozir ham uning yolg‘on bayonotlari, bema’ni g‘oyalari – turgan bitgani soxta», — dedi Gen Shuan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQSHning ayblovlari yolg‘onligini aytdi