
Foto: belnovosti.by
Rossiyalik mutaxassislar miya saratonini davolashning g‘ayrioddiy usulini taklif qilishdi. Buning uchun esa “yadro o‘qlari“ deb nomlangan vositadan foydalanish rejalashtirildi.
“RIA Novosti”ning xabar berishicha, ayni paytda saraton kasalliklarini radioimmun terapiyasi orqali davolash uchun mo‘ljallangan maxsus dori tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq tayyorlanmoqda.
Olimlarning fikriga ko‘ra, kasallik ko‘pincha kech bosqichida aniqlanadigan miya saratonida konservativ davo samara bermaydi. Ammo radioimmun terapiya yordam berishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Rosatom“ xodimlari saraton kasalligini davolashga mo‘ljallangan “yadro o‘qlarini” ishlab chiqishni rejalashtirishayotgan bo‘lib, “o‘qlar” saraton hujayralarini “o‘ldirish” jarayonini boshlaydigan “GD2“ molekulalarini nishonga olishadi.
Shu yo‘sinda, o‘simta hujayralariga nafaqat ionlashtiruvchi nurlanish ta’sir qiladi, balki “Radioizotopning tashuvchi molekulasi” ham “yoqiladi”.
Olimlarning ta’kidlashicha, shunga o‘xshash usul miya saratoni bilan birgalikda ko‘krak, teri va o‘pka saratonini davolashda ham o‘z samaradorligini ko‘rsatishi mumkin.
Rossiyalik MutaxassislarMiya SaratoniYadro O‘qlariRadioimmun TerapiyaSaraton KasalligiO‘simta Hujayralari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing