Foto: Asia-Plus
Bugun Tojikistonda yana 205 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakatdagi koronavirus haqida ma’lumot berib boruvchi covid.tj saytida ma’lum qilingan.
Endilikda Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 1 729 nafarga yetdi. 18 may kuni mamlakatda yana ikki kishi virus sabab vafot etdi va o‘lim ko‘rsatkichi 41 nafarga yetdi. Tojikistonda kunlik o‘sish ketma-ket to‘rtinchi kun 200 nafardan ortiq bo‘ldi: 15 may 211 nafar, 16 may 204 nafar, 17 may 202 nafar va 18 may 205 nafar.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Tojikistonda eng ko‘p (41ta) o‘lim holati qayd etilgan (https://www.worldometers.info/coronavirus/). Qozog‘istonda virus 35 kishining umriga zomin bo‘lgan, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda mos ravishda 13 va 14 kishi koronavirus qurboniga aylangan. Eng ko‘p kasallanganlar esa Qozog‘iston (6 440 nafar) va O‘zbekistonda (2 791)da qayd etilgan. Tojikistonda 1 729 kishi, Qirg‘izistonda 1 216 kishi virusga chalingan. Turkmanistonda esa rasman koronavirus aniqlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi