Olimlar butun dunyoda koronavirus pandemiyasi qachon tugashini prognoz qildi

1 daqiqa o'qish6.7K
Olimlar butun dunyoda koronavirus pandemiyasi qachon tugashini prognoz qildi
Olimlar butun dunyoda koronavirus pandemiyasi qachon tugashini prognoz qildi. Bu haqda Singapur texnologiyalar va dizayn universiteti tadqiqotchilariga tayanib, New York Post xabar berdi.

Olimlarning fikricha, dunyo koronavirusdan 2020 yilning dekabr oyiga borib qutulishi mumkin. AQSH esa sentabr oxirlariga qadar kasallikni yengadi.

Ekspertlar kasallikka moyillik, infeksiyalangan va sog‘ayganlar dinamikasini tavsiflovchi infeksiya tarqalishining matematik modelidan (SIR-model) foydalangan.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, ularning prognozi to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin, shu sababli butun dunyo bo‘ylab karantin choralarini yengillashtirish bo‘yicha shoshma-shosharlik bilan qarorlar qabul qilmaslik kerak.

«Biror-bir prognozga asoslangan haddan ortiq optimizm tartib qoida va o‘z-o‘zini nazorat qilishning susayishiga olib kelishi bilan xavfli. Bu esa kasallar sonining ortishiga sabab bo‘ladi», — deydi tadqiqotchilar.

Avvalroq Singapur universiteti olimlari aprel oyida COVID-19 koronavirusi epidemiyasining turli mamlakatlarda qachon yakuniga yetishi borasidagi taxminiy sanalarni e’lon qilgandi. Vaziyat tez o‘zgarayotgani tufayli ular bu boradagi barcha prognozlarini bekor qilgan va saytdagi grafikalarni o‘chirib tashlagandi.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?