Koronavirus Xitoyga qaytdi. Janubiy Koreyada esa yana 25 kishida virus aniqlandi

1 daqiqa o'qish4.1K
Koronavirus Xitoyga qaytdi. Janubiy Koreyada esa yana 25 kishida virus aniqlandi
Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana uchta holat qayd etildi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Kasallikka chalinganlarning ikki nafari chetdan kelgan bo‘lsa, bir kishi bevosita Xitoy hududida kasallikni yuqtirib olgan. Shuningdek, yana 36 kishi infeksiyani belgilarsiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

22 may kuni mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon birinchi bor koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holat qayd etilmagandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning soni 84 ming kishidan oshgan, to‘rt mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan.

May oyi boshlarida Xitoyning barcha hududlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik xavf pasaygani, mamlakatda yuqori yoki o‘rta darajadagi tahdid darajasiga ega joylar qolmagani xabar berilgan edi.

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida yana 25 kishida COVID-19 aniqlandi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlarning jami soni 11 190 kishiga yetgan. Bemorlarning 10 194 nafari sog‘aygan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qayd etilgan bemorlarning 17 nafari mamlakat ichida kasallikni yuqtirib olgan, qolgan 8 nafari esa chetdan kirib kelganlar.

O‘tgan bir sutka ichida Janubiy Koreyada 19 nafar bemorga shifoxonalardan javob berilgan. Hozirga qadar mamlakatda 264 kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Yangi kasallanish holatlari ko‘payishiga koronavirus borligi gumon qilingan va keyinchalik tasdiqlangan 29 yoshli yigitning 2 mayga o‘tar kechasi Kyongido provinsiyasidagi Yon’in shahridan Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududiga borgani va u yerda bir nechta klub va barlarga kirgani sabab bo‘lgan.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?