Chernogoriya koronavirusni yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylandi

1 daqiqa o'qish2.7K
Chernogoriya koronavirusni yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylandi
Chernogoriyada koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib, Chernogoriya pandemiyani yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Milo Jukanovich o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Jukanovichning ta’kidlashicha, Podgoritsadagi Jamoat salomatligi instituti 20 kundan beri kasallikka chalinish bo‘yicha birorta yangi holatni qayd etmagan.

«Kasallar soni nol! Davlat organlari va butun jamiyat ushbu muammoni hal etish borasida yuqori darajadagi mas’uliyatni namoyish etdi, sog‘liqni saqlash tizimimiz esa to‘g‘ri tashkil etilgani, o‘z ishiga sodiq va loyiq ekanligini ko‘rsatdi», — deydi prezident.

Uning qo‘shimcha qilishicha, endilikda mamlakat pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarga qarshi kurashni davom ettirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Chernogoriyada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat 17 mart kuni aniqlangandi. Butun mamlakat bo‘ylab 324 kishi koronavirusga chalingan va to‘qqiz kishi COVID-19 oqibatida vafot etgan.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?