Avstriya politsiyasi mamlakat prezidenti karantin qoidalarini buzganligini aniqladi

1 daqiqa o'qish2.2K
Avstriya politsiyasi mamlakat prezidenti karantin qoidalarini buzganligini aniqladi
Avstriya politsiyasi shaharda tekshiruv o‘tkazayotgan vaqtda mamlakat prezidenti karantin qoidalarini buzganligini aniqladi, deb yozmoqda Kurier. U taqiqlangan vaqtda restoranda o‘tirgan bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 24 mayga o‘tar kechasi prezident Aleksandr Van der Bellen Sole restorani ayvonida rafiqasi va tanishlari bilan o‘tirgan bo‘lgan.

Avstriyada koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklovlarga ko‘ra, restoranlar, kafe va barlar kechki soat 23:00 gacha yopilishi va mijozlarga xizmat ko‘rsatmasligi kerakligi belgilangan. Mijozlar esa stol atrofida o‘tirishda davom etishi mumkin, lekin ulardan buyurtma qabul qilinmaydi. Politsiya ko‘zdan kechirgan vaqtda ularning stolida ichimliklar turgan bo‘lgan.

«Men karantin davridan beri ilk bor ikki do‘stim va rafiqam bilan tamaddi qilishga chiqqan edim. Gap bilan bo‘lib, vaqt o‘tganini sezmay qolibmiz. Men chuqur afsusdaman. Bu xato bo‘ldi», — deb yozgan prezident Twitter’dagi sahifasida. Shuningdek, agar restoran egalari qandaydir zarar ko‘rsa, uni qoplash uchun o‘zi javobgar bo‘lishini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan talablarni buzganlik uchun 30 ming yevro miqdorida jarima belgilanishi mumkin.

Avstriyada karantin choralarini 1 maydan boshlab yengillashtirish boshlandi. Shu kundan boshlab odamlarga uylaridan chiqish ruxsat berildi. Restoranlar esa 15 maydan ochildi va soat 6:00 dan 23:00 gacha ishlashga ruxsat berilgan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 16,5 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan. Ulardan 15 mingdan ortig‘i tuzalgan, 640 nafari vafot etgan.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?