Xitoy AQSHni «yangi sovuq urushni» boshlashga undayotganlikda aybladi

1 daqiqa o'qish3.3K
Xitoy AQSHni «yangi sovuq urushni» boshlashga undayotganlikda aybladi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Pekinda bo‘lib o‘tgan Milliy xalq kongressi doirasida AQSHdagi ba’zi siyosiy kuchlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni «yangi sovuq urush»ga aylantirishga undayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Bloomberg.

«AQSHdagi ayrim siyosiy kuchlar Xitoy—Amerika munosabatlarini asirga olib, ushbu aloqalarni yangi sovuq urushi chegarasiga olib kelmoqda. Bu xavfli va dunyo tinchligiga tahdid soladi», — deydi Xitoy TIV rahbari.

Bundan tashqari, vazir Vashingtonni Tayvandagi «Xitoyning qizil chizig‘iga qarshi chiqmaslikka» chaqirdi. Shu orqali u AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoning an’analarni buzishiga munosabat bildirgan. O‘tgan hafta Davlat departamenti rahbari Tayvan prezidenti Say Invenni lavozimga ikkinchi marotaba saylangani munosabati bilan tabriklagan edi.

Shuningdek, Xitoy TIV rahbari yadroviy qurollar bo‘yicha Vashington va Pxenyan o‘rtasidagi tarixiy kelishuvlarni buzishda ayblagan. «Biz so‘nggi yillarda KXDR tomonidan deeskalatsiya va yadro qurolidan xoli bo‘lish borasida ijobiy qadamlar qo‘yilganining guvohi bo‘ldik. Afsuski, Amerika tomoni ushbu qadamlarga munosib javob bermadi. Bu Shimoliy Koreya va AQSH diologining boshi berk ko‘chaga kirib qolganining asosiy sababi», — deydi Van I.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?