Turkmaniston mart oyida kosmosga sun’iy yo‘ldosh chiqaradi

Turkmaniston joriy yilning mart oyidan boshlab, kosmosda “Turklmen Alem 52.OE” nomli ilk sun’iy yo‘ldoshga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 8 fevral kuni o‘ztkazilgan Vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan keyin bosh vazir o‘rinbosari Satliq Satliqov “Char Tarapdan” radiosiga ma’lum qilgan.
Ma’lum qilinishicha, avvaliga bu ishni amalga oshirish 2014 yilning noyabriga belgilangan, ammo hukumat hech qanday izoh bermagan holda bu ishni 2015 yilga qoldirgandi.
Turkman nashrlarida yozilishicha, O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib, kosmosda o‘z sun’iy yo‘ldoshiga ega bo‘lishi kutilayotgan Turkmaniston bu orqali mamlakatda telekommumikasiya rivoji va Afg‘oniston bilan chegara hududlarini etarlicha darajada nazorat qilishni ta’minlaydi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing