Yevroittifoq tashqi chegaralarni 1 iyulgacha ochmaslikka qaror qildi
1 daqiqa o'qish2.2K

Ichki ishlar bo‘yicha yevrokomissar Ilva Yoxanssonning ma’lum qilishicha, cheklovlarni uzaytirishni aksariyat mamlakatlar hukumatlari qo‘llab-quvvatlagan.
Yevropa ittifoqi uchinchi davlatlar fuqarolarining ittifoq hududiga kirishlariga qo‘yilgan cheklovni 1 iyulgacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

«Bugun deyarli barcha a’zo mamlakatlar ushbu davrning uzaytirilishini ma’qullashini bildirdi. Demak, ichki chegaralardagi nazorat iyun oxirida bekor qilinadi», — dedi Yoxansson.
Agentlikning eslatishicha, cheklovlar mart o‘rtalarida kiritilgan va ikki marta uzaytirilgan bo‘lib, 15 iyunda nihoyasiga yetadi. Yevropa komissiyasi YEIning tashqi chegaralari faqat ichki chegaralar ochilganidan keyingina ochilishini talab qilmoqda.

- #Yevropa Ittifoqi
- #Ichki Chegaralar
- #Cheklovlarni Uzaytirish
- #Yevrokomissar Ilva
- #Mamlakatlar Hukumatlari
- #Nazoratni Bekor Qilish
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…