Foto: «Izvestiya»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat koronavirusni yengganini ma’lum qildi.
Pandemiya cho‘qqisi bosib o‘tildi, virusning kunlik qayd etilishi kamaymoqda, biroq xotirjamlikka berilishga erta, dedi davlat rahbari.
«Sog‘liqni saqlash tizimimiz turib berdi. Koronavirusni yengganimizni shu bugunoq aytishimiz mumkin, biroq kurash ishtiyoqimizni susaytirmaymiz», — «BelTA» Lukashenkodan ana shunday iqtibos keltirdi.
Lukashenko «epidemiya ustidan uzil-kesil zafar qozonilganidan so‘ng» kurashda eng oldingi safda bo‘lganlar, vrachlar bilan uchrashishga va’da berdi.
«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra (02.07.2020, soat 15:50), Belarusda pandemiya davrida koronavirusni yuqtirish bo‘yicha jami 62 698 ta holat qayd etilgan, kasallikdan tuzalganlar soni — 48 738 nafar (77 foiz), qurbonlar soni — 405 nafar. 13 555 nafar bemor davolanmoqda...
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi