21:33 / 04.07.2020
6 186

Vladimir Putin: "Rossiyaga yangi fuqarolar kerak...”

Vladimir Putin: "Rossiyaga yangi fuqarolar kerak...”
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada mamlakatda ishchilar yetishmasligii jiddiy muammoga aylanadi.
Vladimir Putin: "Rossiyaga yangi fuqarolar kelishi kerak. Shunisi aniqki, Rossiyada iqtisodiyotning rivojlanishi bilan biz kamlik qilayapmiz va yaqin orada sezilarli ishchi kuchi tanqisligi paydo bo‘ladi va bu mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishning haqiqiy, ob’ektiv cheklovchisiga aylanadi".

Prezident, shuningdek, Rossiyada ta’lim olishni istagan yoki kasb-hunarga ega bo‘lishni istagan yosh va sog‘lom insonlarga ehtiyoj borligini ta’kidladi: “Ba’zi mamlakatlarda bu ish nafaqat davlat ahamiyati darajasida, balki ilmiy darajada ham bajarilmoqda. Va biz ham bunga duch keldik".

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa, rus tilida gaplashadigan va madaniyati ruslar kabi bo‘lganlarga talab uch barobar ko‘p.
Bundan tashqari, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya siyosati rossiyaliklarning huquqlarini buzmasligi, ta’lim olish va sog‘liqni saqlash muassasalarining to‘lib toshishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasligi muhimdir.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Putin Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirishga qaratilgan qonunni imzolagan edi. Chet elliklar endi mavjud fuqaroligidan voz kechishlari shart emas. Shuningdek, ushbu qonun SSSR pasportiga ega bo‘lgan yoki uning a’zolari bo‘lgan respublikalarda yashagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiradi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin: "Rossiyaga yangi fuqarolar kerak...”