Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov va yuqori lavozimdagi qator amaldorlarni mamlakatdagi epidemiologik vaziyat uchun javobgarlikka tortishni so‘rab prokuraturaga ariza berildi. Bu haqda respublika bosh prokuraturasiga tayanib "Interfaks" xabar berdi.
"13 iyul kuni mamlakatda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat va kunlik o‘limlar uchun Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov va boshqa yuqori lavozimdagi amaldorlarni javobgarlikka tortishni so‘rab fuqaro Raushan Aytkulova tomonidan ariza kelib tushdi. Ariza prokuraturada ro‘yxatga olindi", - dedi bosh prokuratura vakili.
Avvalroq Raushan Aytkulova ijtimoiy tarmoqda mamlakat prezidenti jinoiy javobgarlikka tortilishi kerakligini yozgan va impichment uchun imzo to‘plashni boshlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, petitsiyani 2,5 mingdan ortiq kishi imzolagan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 11,5 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 149 kishi kasallikdan vafot etgan.
11 may kuni mamlakatda koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimi bekor qilingandi. Favqulodda vaziyat rejimi esa davom etmoqda. May oxirida Qirg‘izistonda qator cheklovlar olib tashlandi – jamoat transporti faoliyati tiklandi, yozgi qahvaxona va restoranlar ishlashiga ruxsat berildi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi