Pandemiya oqibatlari va cheklovlar jahon iqtisodiyotiga 8,3 trln dollarga tushdi va 147 mln kishini ishsiz qoldirdi.
Sidney universiteti olimlarining ma’lum qilishicha, aviaaloqa to‘xtatilgani va chegaralar yopilgani sababli sayyohlik tarmog‘i eng ko‘p jabr ko‘rgan. Bu ayniqsa Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikada kuchli sezilgan.
Yetkazmalar zanjiri buzilishi jahon savdosiga, energetika va moliya sektoriga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, ekologiyaga ta’sir sayyoramizning eng ifloslangan hududlarida kamaygan. Olimlarning ta’kidlashicha, ko‘plab davlatlarda karantin choralari davom etayotgani sababli global yo‘qotishlar ortishi davom etmoqda. Karantinning juda erta yumshatilishi esa ayanchli oqibatlarga va uzoq davom etuvchi iqtisodiy oqibatlarga olib keladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, global iqtisodiy inqiroz jahon iqtisodiyotining o‘zaro bog‘liqligi bilan asoslangan. Butun dunyoda 147 mlndan ko‘proq kishi ishdan bo‘shatib yuborilgan, bu esa maoshdan olinadigan daromadning 2,1 trln dollarga qisqarishiga olib kelgan. Dunyo aholisining iste’mol xarajatlari esa 3,8 trln dollarga kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?