21:53 / 18.07.2020
2 298

Xabarovskda hibsga olingan gubernatorni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘n minglab kishilar yana namoyishga chiqdi

Xabarovskda hibsga olingan gubernatorni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘n minglab kishilar yana namoyishga chiqdi
Foto: forbes.ru
Xabarovskda qotilliklarga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan o‘lka gubernatori Sergey Furgalni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘n minglab kishilar namoyish o‘tkazdi.

Xabarovsk o‘lkasi gubernatori maslahatchisi Zaxar Sinyagovskiyning ta’kidlashicha, mitingda 30 mingdan 50 minggacha kishi qatnashgan. Xabarovsk ma’muriyatining ma’lumotiga ko‘ra esa, aksiyada 10 minggacha kishi qatnashgan.

Namoyishchilar o‘lka hukumati binosi yaqinidagi maydonga to‘plangan. Ular «Ozodlik!», «Furgal — bizning tanlovimiz!», «Men, biz, u — butun mamlakat Furgal uchun!» deya xitob qilgan. To‘planganlar Furgal ustidan sud Xabarovskda o‘tishini hamda ochiq va odilona o‘tishini talab qilgan.

Vladivostokda ham Furgalni qo‘llab-quvvatlab bir necha yuz kishi namoyish o‘tkazdi, deb xabar berdi dvhab.ru portali.
Furgalni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar bir haftadan beri davom etmoqda. Namoyishlar gubernator qo‘lga olingan 9 iyul kunidan boshlangan.
Sergey Furgalga qotillikka urinish va 2004-2005 yillarda tadbirkorlarning o‘ldirilishini tashkillashtirish ayblovlari qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xabarovskda hibsga olingan gubernatorni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘n minglab kishilar yana namoyishga chiqdi