Bill Geyts sayyoraning barcha aholisiga chip o‘rnatish uchun koronavirusga qarshi vaksina yaratilishini moliyalashtirayotgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor qildi, deb yozadi CNBC.
Yahoo News o‘tkazgan so‘rovnomada qatnashgan AQSH aholisining 28 foizi Microsoft asoschisi odamlarga vaksina orqali chip o‘rnatmoqchi ekanligi haqidagi nazariyaga ishonishini ko‘rsatdi.
«Biz virus haqida haqiqatni bilishimiz kerak. Odamlar faktlarni bilganidan keyin chiplashtirish haqidagi nazariya yo‘qolishiga umid qilaman», — dedi Geyts.
JSSTning ma’lumot berishicha, hozirda dunyo bo‘yicha 100dan ortiq vaksina ishlab chiqilmoqda, ulardan 23tasi odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Fevralda Bill va Melinda Geyts fondi koronavirusga qarshi vaksina yaratilishi uchun 100 mln dollar ajratishini e’lon qilgandi.
Iyunda fond vaksina va immunizatsiya bo‘yicha global alyansga 1,6 mlrd dollar mablag‘ ajratishni o‘z zimmasiga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi