2 002
Twitter’dagi mashhurlar akkauntini buzgan 17 yoshli o‘smirning 3 mln dollarlik bitkoini borligi ma’lum bo‘ldi
Foto: Tampa Bay Times
Ilon Mask, Bill Geyts hamda boshqa biznesmen va mashhurlarning Twitter’dagi akkauntini buzishda aylanayotgan 17 yoshli Grexem Klarkning 3 million dollarlik bitkoini borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda gumonlanuvchining advokatiga tayanib, Tampa Bay Times xabar berdi.
Advokat bitkoinlar haqida prokuror gumonlanuvchini vaqtinchalik hibsdan ozod etish uchun to‘lanadigan garov pulini belgilagani ma’lum qilgan. Tomonlar Klark ayblanayotgan 30 banddagi jinoyatlarning har biri uchun 25 mingdan, jami 750 ming dollar garov pulini to‘lashga kelishib olgan. Prokurorning ta’kidlashicha, Florida shtati qonunlariga ko‘ra, gumonlanuvchi garov sifatida taqdim etiladigan mablag‘larning qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilganini isbotlab berishi kerak.
«Javobgarning xatti-harakatlaridan kelib chiqib, undagi har bir penya noqonuniy yo‘l bilan ishlab topilgan deb hisoblayman… Gap millionlab dollarlar haqida ketmoqda», — deydi prokuror.
Advokatning aytishicha, Klark 2019 yilda jinoiy tergov ob’ekti bo‘lgan. Shu sababli politsiya gumonlanuvchining 15 ming dollar naqd puli va 400 bitkoinini olib qo‘ygan. Keyinroq huquq-tartibot organlari aylov e’lon qilishdan bosh tortgan va Klarkka 300 bitkoinni qaytargan (hozirgi kurs bo‘yicha 3,3 million dollar). Bu ayblanuvchining mablag‘lari to‘g‘ri yo‘l bilan topilganining eng yaxshi isboti.
Sudga garov puli to‘lanishiga rozi bo‘lgan. Tergov vaqtida Klark pasportini topshirishi, uyini tark etmasligi va qayerdaligini ko‘rsatib turuvchi datchikda yurishi belgilangan. Shuningdek, unga har qanday qurilma yordamida internetdan foydalanish taqiqlangan.
Iyul o‘rtalarida Bill Geyts, Ilon Mask, Barak Obama, Kane Uest va boshqa mashhurlarning Twitter akkaunti xakerlar tomonidan buzilib, bitkoin talab qilingani haqida xabar berilgan edi. 31 iyul kuni esa mazkur ishda gumonlanib 17 yoshli Grexem Klark ismli o‘spirin aybdor deb topilib, hibsga olingan. Klarkning sheriklari sifatida Florida shtatida yashovchi 22 yoshli Nima Fazelli va Buyuk Britaniya fuqarosi 19 yoshli Mason Sheppard gumonlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi