Foto: «Youtube.com»
Yuzlab insonlarning umriga zomin bo‘lgan Bayrut portidagi kuchli portlash yuqori sifatli kameraga tasvir olingan. Videoni «YouTube» foydalanuvchisi Németh Ágoston tarmoqqa joylagan.
Operator portdagi yong‘inni tasvirga olayotgan bo‘lgan. Birdan ammiak selitrasi ortilgan yuk portlab ketgan. Portlash to‘lqini qanday kuch bilan pristan yaqinidagi binolarga zarba bergani rolikda yaqqol ko‘rinib turibdi. Video muallifi o‘zi va yaqinlari shikastlanmaganini ma’lum qilgan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida 154 kishi hayotdan ko‘z yumgan, besh mingdan ortiq kishi jarohatlangan. O‘nlab odamlar bedarak ketgan.
4 avgust kuni Livan poytaxtida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bunga Bayrut dengiz porti omborida saqlanayotgan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lgan. Portlovchi modda 2014 yilda Afrika mamlakatlaridan birining bayrog‘i ostida suzuvchi kemadan katta qarzi borligi uchun musodara qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi