
Bayrutdagi kuchli portlashdan so‘ng yuzlab hayvonlar o‘z egalaridan ajrab ketdi. Animals Lebanon notijorat tashkiloti xodimlari ularni yana birlashishiga yordam berdi. Bu haqda Esquire xabar berdi.
Animals Lebanon tomonidan hozirda 20 ta mushuk va itlar topilib, o‘z egalariga qaytarilgan.
NNT ma’lumotlariga ko‘ra, qisqa vaqt ichida uy hayvonlarini qidirayotgan 200 kishidan qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Shuningdek, portlash Animals Lebanon ofisiga ham ta’sir qilib, bir nechta mushuk shisha qalqon bilan yarador bo‘lgan.
Animals Lebanon direktori Jeyson Mayerning so‘zlariga ko‘ra, hayvonlarni qutqarish va o‘z egalariga qaytarish – bunday qiyin damda odamlarni xursand qiladi. OAV va ijtimoiy tarmoqlar hayvonlarning o‘z egalari bilan topishgan videolarini tarqatmoqda.
Bayrutdagi PortlashHayvonlarni QutqarishAnimals LebanonEgalaridan AjratishVolontyorlar YordamiJonivorlarni Qaytarish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar