
Foto: «Scitechdaily.com»
Melburn qirollik texnologiya instituti rahbarligi ostida xalqaro olimlar jamoasi turli infeksiyalarni, jumladan, koronavirus chaqirgan COVID-19ni davolashning yangi usulini topishdi. Tadqiqotchilarning maqolasi «Nature Communications» jurnalida chop etilgan.
Mutaxassislar bezgakni chaqiruvchi plazmodiya parazitlari qizil qon tanachalarida proteinkinaz fermentlari faolligiga sezilarli bog‘liqligini ko‘rsatib berishdi. Shuningdek, ular ushbu fermentlarning faolligini pasaytirish hamda saratonni davolash uchun ishlab chiqarilgan dori vositalari parazitlarni halok qilishda juda samarali ekanligini aniqlashdi. Bu muolajani arzonlashtirishga hamda bezgak va boshqa virusli (SOVID-19, gepatit) va antibiotiklarga chidamli bakteriyali infeksiyalarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi yangi preparatlarning ishlab chiqarilishini tezlashtirishga yordam beradi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu preparatlar patogenga emas, mezbon organizm molekulalarini nishonga oladi. Natijada molekulalar mutatsiyaga uchrashi hisobiga kasallik qo‘zg‘atuvchilarining qarshi kurashuvchanligi tez rivojlanish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Melburn QirollikKoronavirus DavolashYangi UsulInfeksiyalarni O'rganishParazitlar Va FermentlarTa'sir Ko'rsatish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar