12:40 / 17.08.2020
2 635

Afg‘oniston bir necha davlatlar e’tirozi sababli toliblarni ozod qilishni to‘xtatdi

Afg‘oniston bir necha davlatlar e’tirozi sababli toliblarni ozod qilishni to‘xtatdi
Foto: Tolo News
Afg‘oniston hukumati “Tolibon” harakatining turmalarda qolayotgan 400 nafar tarafdorini ozodlikka chiqarish jarаyonini AQSH, Fransiya va Avstraliyaning noroziligi sababli to‘xtatdi. Ushbu davlatlar ozodlikka chiqarilayotgan bir necha mahbus bo‘yicha e’tiroz bildirgan.

Tolo News telekanalining xabar berishicha, gap 7-10 mahbus haqida bormoqda. Ta’kidlanishicha, ular Afg‘onistonda etiroz bildirayotgan davlatlar fuqarolarini o‘ldirishga aloqador.

Mahbuslarni ozod qilish jarayoni teraktlar tayyorlash, ommaviy qotilliklar, giyohvand moddalar kontrabandasi kabi jiddiy jinoyatlarga aloqador 7-10 mahbus sababli ushlanmoqda. Bizning ma’lumotlarga ko‘ra, toliblarga bu shaxslarning ozodlikka chiqishi uchun millionlab dollar to‘langan. Vaholanki, ulardan ba’zilari hattoki “Tolibon” a’zolari hisoblanishmaydi”, deb ma’lum qilgan mutaxassis Solih Muhammad Registoniy.

Afg‘oniston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 400 kishidan 156 mahbus o‘lim jazosiga hukm qilingan, 105 nafari qotillikda, 34 nafari odamlar o‘g‘irlashda, 51 nafari giyohvand modda kontrabandasida ayblanmoqda. Shuningdek, yana 44 mahbus Afg‘oniston va uning ittifoqdoshlari qora ro‘yxatida turadi, 6 mahbus esa bir qator jinoyatlarda ayblangan.

14 avgustda Afg‘oniston milliy xavfsizlik kengashi 400 tolibni ozod qilishni boshlagan. Fevralda AQSH va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik sulhi imzolangan. Unda Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarning sekin-asta olib chiqilishi, ikki tomondan asirlarning ozod qilinishi va toliblar ishtirokida yangi hukumat tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston bir necha davlatlar e’tirozi sababli toliblarni ozod qilishni to‘xtatdi