Foto: «NY Daily News»
AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp davlat rahbarligi uchun saylovdagi eng asosiy raqibi Jozef Bayden bilan oradagi tafovutni oxirgi oylarda ancha qisqartirdi. Kecha, yakshanba kuni e’lon qilingan ijtimoiy so‘rovnoma (12—15 avgustda o‘tkazilgan) natijalari bundan dalolat beradi, deyiladi CNN xabarida.
Agarda saylov hozir o‘tkazilganida kimga ovoz berardingiz — so‘rovnomada qatnashganlarga ushbu savol berilgan. Respondentlarning 50 foizi Bayden yoki senator Kamala Xarris (vitse-prezidentlikka nomzod)ni yoqlashini, 46 foizi esa Trampni va amaldagi vitse-prezident Maykl Pensni qo‘llashini bildirgan.
Respondentlarning taxminan 1 foizi boshqa bir nomzodga ovoz berishga tayyor, 2 foiziga esa yuqoridagi hech bir siyosatchi yoqmaydi. So‘rovnomada qatnashganlarning qolgan qismi hech qanday javob bermagan.
Eslatib o‘tamiz, 2—5 iyundagi so‘rovnomada Baydenni qo‘llovchilar 55 foiz, Tramp siyosati tarafdorlari esa 41 foizni tashkil etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi