15:15 / 18.08.2020
2 926

Chexiya tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Belarusga bostirib kirishidan xavotir bildirdi

Chexiya tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Belarusga bostirib kirishidan xavotir bildirdi
Chexiya hukumati 18 avgust kuni Belarusdagi vaziyat bo‘yicha milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi.
Chexiya tashqi ishlar vaziri Tomash Petrjichek Rossiyaning Belarusga bostirib kirishi ehtimoli borasidagi xavotirlar asosli deb hisoblamoqda. Yevropa Ittifoqi Moskvani bunday yo‘l tutishdan ogohlantirishi va Belarus hududidagi harbiy harakatlar nomaqbul ekanligini anglatishi lozim, dedi u CT telekanali efirida.

"Biz Ukraina ssenariysi va Qrimning anneksiya qilinishi takrorlanishiga mutlaqo qarshimiz", - deb ta’kidladi Petrjichek.
Chexiya hukumati 18 avgust kuni Belarusdagi vaziyat bo‘yicha milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi.

9 avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan keyin aholi ommaviy norozilik namoyishlariga chiqa boshladi. Dastlabki kunlarda namoyishchilar kuchishlatar tuzilmalarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Namoyishchilarga qarshi yengil granatalar, rezina o‘qlar, suv to‘plari ishlatildi va o‘qotar qurollardan foydalanildi. Bir necha kun ichida 7000dan ortiq odam qo‘lga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chexiya tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Belarusga bostirib kirishidan xavotir bildirdi