23:13 / 19.08.2020
3 266

Xitoy o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasining "sirlari"ni oshkor qildi

Xitoy o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasining "sirlari"ni oshkor qildi
Xitoylik mutaxassislar yaratgan koronavirusga qarshi vaksina bitta in’eksiyasidan keyin yarim oy ichida "Covid-19"dan himoya qilish uchun zarur immunitetni ishlab chiqadi.

Bu haqda mahalliy "Sinopharm" davlat farmatsevtika korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Lyu Szinchjen aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda "Chjungo van​" nashri.

Uning ta’kidlashicha, bitta in’eksiya 97 foiz himoya kafolatini beradi. Antitanachalar sekin ishlab chiqaradi va oddiy holatda, yarim oy davomida "Covid-19"ga qarshilik ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan darajaga yetadi. Ikkita in’eksiya to‘liq himoyani kafolatlaydi. Birinchi va ikkinchi in’eksiya oralig‘i 28 kunni tashkil etadi.

Ikkita in’eksiya 1000 yuanni tashkil qiladi. Bu O‘zbekiston valyutasida 1 485 520 so‘mga tengdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasining "sirlari"ni oshkor qildi