09:19 / 25.08.2020
2 405

G‘amxo‘rligi uchun taqdirlangan «Yil onasi» bolalarni urib-tepgani uchun qamaldi

G‘amxo‘rligi uchun taqdirlangan «Yil onasi» bolalarni urib-tepgani uchun qamaldi
Foto: «Life.ru»
Estoniyada «Yil onasi 2013» sohibasi Malle Kobin bolalarga zulm qilgani uchun sud qilindi, deya xabar berdi ERR.
Ayol to‘rt yilu olti oyga qamoq jazosiga hukm qilindi. Uezd sudi uni voyaga yetmagan shaxslarni noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish va ularga jismoniy zarar yetkazishda aybdor deb topdi.

Ayolning qurbonlari 9 — 17 yoshlar atrofida. Kobin ularni asrab olgan. Ayblov hujjatiga ko‘ra, ayol asrab olgan bolalarni muntazam urib-tepgan, shuningdek, bir necha soatdan bir necha kungacha qamab qo‘ygan.

Kobin 2013 yili «Yil onasi» degan nomga musharraf bo‘lgan. O‘shanda o‘zining besh nafar farzandi va 12 nafar asrab olgan bolasi bo‘lgan. 2014 yilda esa bolalarni himoya qilish faoliyati bilan shug‘ullangani uchun Estoniya qizil xoch ordeni bilan taqdirlangan.

2019 yilda ijtimoiy ta’minot bo‘limidan kelib tushgan ma’lumotlar asosida unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayblov xulosasida 2016 — 2019 yillar davomida besh nafar bolaga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘amxo‘rligi uchun taqdirlangan «Yil onasi» bolalarni urib-tepgani uchun qamaldi