Ekvadorlik juftlik dunyodagi eng keksa juftlik deb topildi

1 daqiqa o'qish4.4K
Ekvadorlik juftlik dunyodagi eng keksa juftlik deb topildi
Ekvadorda yashovchi 110 yoshli Xulio Sezar Mora va 104 yoshli Valdramina Kintero Ginness rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng keksa er-xotin deb topildi.

Ularni 1934 yilda Xulioning amakivachchasi tanishtirib qo‘ygan. U Valdraminaning singlisiga uylangan bo‘lgan. Juftlik Kitoda 1941 yilda nikoh rishtalari bilan bog‘lanmaguncha uchrashib yurgan. Juftlikning nikoh to‘yi yashirincha o‘tgan, chunki ularning ota-onalari va oilalari bunga qat’iyan qarshi bo‘lishgan.

“Vaqt o‘tib biz ularni birlashtirdik va o‘sib kelayotgan avlodga o‘rnak bo‘ldik”, deb aytgan juftlik.

Er-xotin 5 farzand ko‘rgan. Hozirda ularning 11 nabirasi, 21 abirasi va 9 chevarasi bor. Juftlik 79 yildan beri birgalikda umrguzaronlik qilib keladi.

Qariyalarning ta’kidlashicha, har bir juftlikdagi kabi ularda ham ba’zida kelishmovchiliklar bo‘lib turgan, biroq ular buni farzandlariga aslo bildirishmagan.

“Muhabbat, o‘zaro hurmat, halol mehnat va oilaviy qadriyatlarga asoslangan oilaviy birdamlik birgalikda sog‘lom yashashimiz siri hisoblanadi. Biz o‘zaro hurmat va e’tibor bilan munosabatlarimizni qo‘llab-quvvatlaganmiz . Ular juda muhim bo‘lgan”, deb ta’kidlab o‘tgan juftlik.

Ma’lum qilinishicha, juftlik turli o‘simliklar o‘stirishni va bo‘sh vaqtlarda birga bo‘lishni, kino va teatrga borishni xush ko‘radi.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?