23:09 / 11.09.2020
2 736

Shotlandiyalik ayol tunda hovlisiga kirib, oziqlanadigan tipratikanlar zinadan qiynalmay ko‘tarilishi uchun sharoit yaratdi (video)

Shotlandiyalik ayol tunda hovlisiga kirib, oziqlanadigan tipratikanlar zinadan qiynalmay ko‘tarilishi uchun sharoit yaratdi (video)
Foto: DIY Garden
Shotlandiyaning Edinburg shahrida yashovchi pardozchi Agata Maycherning uyiga kechalari tez-tez tipratikanlar tashrif buyuradi. Uy egasi mehmonlarni xursand qilish uchun bog‘iga oziq-ovqat qo‘yib qo‘ydi. Keyin u to‘satdan tipratikanlar ozuqaga yetishish uchun anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri kelishini bilib qoldi, deb yozadi Meduza.

U bir kuni kuzatuv videosida ozuqa tomon borayotgan tipratikanlardan biri zinadan yiqilib tushganini ko‘rdi. Shundan so‘ng Maycher buning chorasini topishga qaror qildi. Pardozchi va uning yaqin do‘sti g‘ishtning yarim bo‘lagini olib, tipratikanlarning ko‘tarilishiga qulay bo‘lishi uchun qo‘shimcha zinalar yasadi.

Video lavhadan ko‘rinib turganidek, mehmonlar ular uchun qulaylashtirilgan zinalardan muvaffaqiyatli tarzda foydalanmoqda. Endi ular uchun hech qanday to‘siq yo‘q.

Maycher o‘zining ixtirosi bilan faxrlanadi. U edinburglik tipratikanlarning hayotini biroz qulaylashtirganga o‘xshaydi. Uy egasining so‘zlariga ko‘ra, ularning tashrifi juda ko‘paygan, ba’zida tipratikanlarning safi 6-8 tani tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shotlandiyalik ayol tunda hovlisiga kirib, oziqlanadigan tipratikanlar zinadan qiynalmay ko‘tarilishi uchun sharoit yaratdi (video)