08:09 / 12.09.2020
2 681

AQSHda 100 yil avval jo‘natilgan maktub belgilangan manzilga yetkazildi

AQSHda 100 yil avval jo‘natilgan maktub belgilangan manzilga yetkazildi
Foto: Facebook/Brittany Keech
AQSHning Belding shahrida yashovchi Brittani Kich o‘z pochta qutisida 100 yil avval jo‘natilgan maktubni aniqladi.
Otkritka ko‘rinishidagi maktub 1920 yil 29 oktabrda jo‘natilgan. Unda Xellouin bayrami munosabati bilan tabrik so‘zlari yozilgan bo‘lgan.

Brittani maktubni Facebook’dagi Positively Belding sahifasida joylashtirgan.
“Ha, bu juda sekin”, deb maktubning bunchalik uzoq yetkazilishiga izoh bergan ayol.

Maktub Divizion-stritda yashovchi Roy Makkuin nomiga yozilgan bo‘lgan. Unga tabrik xatini amakisining qizi yozgan.
Ko‘rinishicha, otkritka uyning avvalgi egalariga yo‘llangan bo‘lgan. Ayol ularni topishga harakat qilgan, biroq buning uddasidan chiqmagan. Shu sababli u maktubni mahalliy tarix muzeyiga topshirmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda 100 yil avval jo‘natilgan maktub belgilangan manzilga yetkazildi