Foto: Reuters
AQSH strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) Rossiya xususiy harbiy kompaniyalarining 2014 yildan buyon dunyo bo‘ylab faoliyati xronologiyasini e’lon qildi.
CSIS saytida berilgan xaritaga ko‘ra, 2014 yilda rossiyalik yollanma harbiylar Ukraina, Senegal, Kongo Demokratik Respublikasi va Shri-Lankada paydo bo‘lgan. Ular 2015 yildan Esvatini, Liviya va Suriyada, 2016 yildan buyon esa Ozarboyjon, Serbiya va Indoneziyada bo‘lib turishibdi.
Markazning ma’lumot berishicha, Rossiya xususiy harbiy kompaniyalari jangchilari faoliyati 2017 yildan Tojikiston, Iroq, Misr, Sudan, Janubiy Sudan, Chad va Venesuelada yo‘lga qo‘yilgan. Yollanma askarlar 2018 yilda Afg‘oniston, Yaman, Janubiy Afrika, Botsvana, Markaziy Afrika Respublikasi, Zimbabve, Burundi, Mozambik, Gvineya-Bisau, Madagaskar va Komor orollariga kelishgan.
Ularning xizmatiga 2019 yilda Mali, Nigeriya va Kongo Respublikasi, 2020 yilda esa Ekvatorial Gvineyada murojaat qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 29 iyulda Belarus hukumati mamlakat hududida “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 33 nafar a’zosi qo‘lga olingani haqida xabar bergandi. 14 avgust kuni ular Rossiyaga topshirildi, bir nafar yollanma jangchi esa Belarus fuqarosi bo‘lgani uchun mamlakatda qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi