13:18 / 22.09.2020
1 877

Snouden o‘z gonorarini AQSH hukumati bilan bo‘lishishga rozi bo‘ldi

Snouden o‘z gonorarini AQSH hukumati bilan bo‘lishishga rozi bo‘ldi
Foto: «BitNovosti»
AQSH Milliy xavfsizlik agentligi hamda MRB sobiq xodimi Edvard Snouden o‘zining «Shaxsiy ish» kitobi sotuvi hamda ma’ruzalaridan tushgan mablag‘lar hisobidan Qo‘shma Shtatlar hukumatiga 5 millionov dollardan ko‘proq mablag‘ni o‘tkazib berishga rozi bo‘ldi.

AQSH hukumati da’vosida Snouden maxsus xizmatlarda ishlagan paytida ma’lumotlarni ochiqlamaslik to‘g‘risidagi majburiyatga zid ravishda keyinchalik memuarlar chop etgani, xususan, «Shaxsiy ish» sotilishidan tushgan barcha daromadlar AQSHga tegishli ekani ta’kidlangan edi.

Amerika OAVlariga ko‘ra, Snouden o‘z kitobini sotishdan shu paytgacha 4,2 million dollar, maxfiy ma’lumotlar ochiqlangan chiqishlaridan esa bir million dollardan ko‘proq ishlagan, deyiladi TASS xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Edvard Snouden 2013 yili Amerika maxsus xizmatlari internet orqali qanday ishlayotganini, jumladan, xorij rahbarlari so‘zlashuvlarini kuzatib borishini oshkor qilgandi.

AQSH hukumati ta’qibidan qutulish uchun sobiq maxfiy agent qator mamlakatlardan boshpana so‘ragan va 2014 yilda Rossiya uni uch yilga qabul qilgandi. Keyinchalik bu muddat yana shunchaga uzaytirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Snouden o‘z gonorarini AQSH hukumati bilan bo‘lishishga rozi bo‘ldi