
Foto: «Azertaj»
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev «Al Jazeera»ga bergan intervyusida Boku Armaniston qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘ hududini tark etgan taqdirda yarashish tomon qadam tashlashini bildirdi.
«Bizning shartimiz shunday — ular barcha hududlardan qo‘shinini olib chiqib ketishi shart. Qo‘shinlarni olib chiqish jadvalini bizga taqdim etishsin, vositachilar guvohligida jiddiy majburiyatlarni olishayotganini tasdiqlashsin», — dedi jumladan Aliyev.
Aliyev qo‘shimcha qilishicha, Boku «yana 30 yil kuta olmaydi» va nizoni tez orada bartaraf etmoqchi.
Ozarbayjon PrezidentiTog‘li Qorabog‘Yarashuv TaqdiriArmaniston Qo‘shinlariBoku IntervyusiNizo Bartaraf Etish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar