18:35 / 03.10.2020
5 070

Ozarbayjon prezidenti Tog‘li Qorabog‘ nizosida yarashuv bo‘lishi uchun asosiy shartini aytdi

Ozarbayjon prezidenti Tog‘li Qorabog‘ nizosida yarashuv bo‘lishi uchun asosiy shartini aytdi
Foto: «Azertaj»
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev «Al Jazeera»ga bergan intervyusida Boku Armaniston qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘ hududini tark etgan taqdirda yarashish tomon qadam tashlashini bildirdi.

«Bizning shartimiz shunday — ular barcha hududlardan qo‘shinini olib chiqib ketishi shart. Qo‘shinlarni olib chiqish jadvalini bizga taqdim etishsin, vositachilar guvohligida jiddiy majburiyatlarni olishayotganini tasdiqlashsin», — dedi jumladan Aliyev.

Aliyev qo‘shimcha qilishicha, Boku «yana 30 yil kuta olmaydi» va nizoni tez orada bartaraf etmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarbayjon prezidenti Tog‘li Qorabog‘ nizosida yarashuv bo‘lishi uchun asosiy shartini aytdi