10:25 / 04.10.2020
3 082

Kattalarda koronavirusning bolalarga xos asoratlari qayd etila boshlandi

Kattalarda koronavirusning bolalarga xos asoratlari qayd etila boshlandi
Foto: Adriano Machado/REUTERS
Amerikalik olimlar avval koronavirusga chalingan bolalardagina kuzatilgan asoratlar endilikda bir qator holatlarda kattalarda qayd qilinayotganini ma’lum qilishdi. Jumladan, katta yoshli bemorlarda Kavasaki sindromida kuzatiladigan asoratlar - teri toshmasi, til qizarishi va oyoq-qo‘llar shishishi kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, organizmning turli tizimlari ishida buzilishlar qayd qilinmoqda.
Bu koronavirusdan keyingi yallig‘lanish sindromi – immun tizimi izdan chiqishining yangi turi”, deb tushuntirmoqda olimlar.

Olimlarning ta’kidlashicha, koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda MIS-A yallig‘lanish sindromi paydo bo‘lishi mumkin. Bu sindrom bolalar va o‘smirlarda koronavirusning og‘ir asorati hisoblanadi. Bu sindromning alomatlari aritmiya va oshqozon og‘riqlari hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu sindrom infeksiyaga chalingandan 2 haftacha o‘tib paydo bo‘lgan.
Bunday holatlar haqida birinchi bo‘lib Britaniya, so‘ngra Ispaniya, AQSH, Fransiya shifokorlari ma’lum qilgan.

Kattalarda bu sindromda nafas yo‘llari kasalliklari kuzatilmagan holda yurak-tomir, ovqat hazm qilish, teri va nevrologik simptomlar qayd qilingan. Ushbu sindrom Kavasaki sindromi va infeksion-toksik shokka o‘xshash namoyon bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kattalarda koronavirusning bolalarga xos asoratlari qayd etila boshlandi