18:34 / 09.10.2020
4 850

COVID-19 bemorlari tuzalgandan keyin ham g‘alati alomatlardan shikoyat qilishyapti

COVID-19 bemorlari tuzalgandan keyin ham g‘alati alomatlardan shikoyat qilishyapti
Foto: «Medicalxpress»
COVID-19ni boshidan o‘tkazgan ko‘pgina bemorlar haligacha o‘rganilmagan g‘alati alomatlardan shikoyat qilishmoqda. Bu haqda Indiana universiteti Tibbiyot maktabi dotsenti Natali Lambertning so‘zlariga tayanib «Medicalxpress» nashri xabar berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar oyoq kafti sohasidagi achishish, birdan xotira susayishi, uyqusizlik, teridagi tushunarsiz toshmalar, tana va yuzdagi uvushish, soch to‘kilishi va yurak bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilishmoqda. Bu alomatlar bemor shifoxonadan tuzalib chiqqandan keyin ham bir necha oy davomida saqlanib qoladi.

Lambertning fikricha, qayd etilgan kasallik alomatlarini koronavirus paytida boshidan o‘tkazgan stress asoratlariga chiqarib tashlamasdan, ularni yaxshilab o‘rganish kerak.

«Oxirigacha davolanmagan xastalik alomatlaridan qiynalishda davom etayotgan, lekin o‘zini go‘yoki tuzalganman deb yurgan odamlar soni ko‘paymoqda. Shu bois COVID-19ning uzoq muddatli oqibatlarini o‘rganadigan tadqiqotlar o‘tkazilishi darkor», — deya ta’kidlaydi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » COVID-19 bemorlari tuzalgandan keyin ham g‘alati alomatlardan shikoyat qilishyapti