21:30 / 13.10.2020
3 047

Rim Papasi vodorodda harakatlanadigan Toyota sedanidan foydalanishga o‘tdi (foto)

Rim Papasi vodorodda harakatlanadigan Toyota sedanidan foydalanishga o‘tdi (foto)
Foto: Motor
Rim papasi Fransisk yangi xizmat avtomobiliga ega bo‘ldi. Rim-katolik cherkovi rahbari ekologiya muammolariga e’tibor qaratish maqsadida vodorodda harakatlanadigan Toyota Mirai sedanidan foydalanishga o‘tgan. Pontifik uchun Mirai maxsus modernizatsiya qilingan: mashinaning tom qismi olib tashlangan, maxsus karkas va qo‘riqchilar uchun oyoq qo‘ygichga ega bo‘lgan, deb yozadi Motor.

«Papamobil»ni oddiy Toyota Mirai bilan adashtirishning iloji yo‘q: pontifikning avtomobili salonining o‘zgachaligi bilan ajralib turadi, ikkinchi qatordagi o‘rindiqlar o‘rniga yagona kreslo o‘rnatilgan va trubasimon karkas atrofi shisha bilan qoplangan.

Foto: Motor
Mashina intererida hech qanday hashamat mavjud emas, materiallar mustahkam. Mashinaga chiqish va tushishga qulaylik yaratishga yordam beradigan yig‘ma zina, shuningdek, tirsakqo‘ygichlarni payqash mumkin. Rim papasi tantanali marosimlarda turgan holda avtomobilda harakatlana oladi: orqa bamperga qo‘riqchilar uchun oyoqqo‘ygich o‘rnatilgan.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor
Vodorodda harakatlanadigan Toyota Mirai’ni Rim papasiga Toyota Europe vitse-prezidenti Migel Fonseka va Toyota Italy bo‘linmasi rahbari Mauro Karuchcho taqdim etgan. Fransisk ekologik toza sedanda birinchi bor 2019 yilning noyabrida — Yaponiyaga tashrifi davomida harakatlangan edi.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rim Papasi vodorodda harakatlanadigan Toyota sedanidan foydalanishga o‘tdi (foto)