date
views 3 081

Ozarbayjon va Armaniston yangi kelishuvga erishganini e’lon qildi

Ozarbayjon va Armaniston yangi kelishuvga erishganini e’lon qildi
Armaniston va Ozarbayjon tinchlik sulhiga kelishganini e’lon qildi. Kelishuvga ko‘ra, u 18 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan yarim tunda kuchga kiradi.

Ushbu ma’lumotni Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirliklari rasman tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil sentabr oyi oxirida hududdagi keskinlik yana kuchaydi.

Moskvada ikki davlat TIV rahbarlari uchrashuvida 10 oktabrdan otashkesimga amal qilishga kelishildi, ammo sulh mo‘rt bo‘lib chiqdi. Shuningdek, Ozarbayjonning Ganja shahriga raketa hujumi va tinch aholining qurbon bo‘lishi vaziyatni keskinlashtirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarbayjon va Armaniston yangi kelishuvga erishganini e’lon qildi